Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu Koalitsiya Turkiyani DEASHga qarshi himoya qilishi kerak dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Injirlik harbiy bazani  yopish kun tartibda emasligini faqat terror tashkiloti DEASHga qarshi kurashda Turkiyani himoya qilmagan o’lkalar harbiy bazada qolishlarining  ma’nosi yo’q dedi.

645618
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu Koalitsiya Turkiyani DEASHga qarshi himoya qilishi kerak dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Injirlik harbiy bazani  yopish kun tartibda emasligini faqat terror tashkiloti DEASHga qarshi kurashda Turkiyani himoya qilmagan o’lkalar harbiy bazada qolishlarining  ma’nosi yo’q dedi. Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Nyu yorkda Birlashgan millatlar Bosh kotibi Antonio Guterres bilan  o’tkazgan uchrashuvidan keyin kun tartibiga tegishli izohotlar berdi.

Suriyaning Al Bab hududidagi operatsiyada Turkiyani himoya qilmagan o’lkalarga norozichilik ko’rsatgan Chavusho’g’lu,  insoniy inqirozning oshib o’tilishi uchun yana faol ishlash kerak deb bildirdi.

Chavusho’g’lu,  izohlari shunday:

 “ Biz DEAShga qarshi muhim  bir kurash olib boryapmiz, faqat oxirgi paytlarda koalitsiya  havodan himoyalarini qilmayapti.  DEAShga qarshi kurash uchun bir koalitsiya tashkil etildi, Turkiya  fiziki imkoniyatlar ta’min etdi , unday bo’lsa  bizni nima uchun himoya qilmaysiz?

Maqsad nima? Nima istaysiz? Endi Rakadan Al Babga to’g’ri qarab kelgan Al Babga  qo’shimcha kuch sifatida kelgan DEASH unsurlari bor,  u  yo’lning koordinatlarini Koalitsiyaga  beryapmiz nimaga hujum qilmaysiz.”

 

İnjirlik harbiy bazasi bilan tegishli  tortishuvlarni  eslatgan Chavusho’g’lu, harbiy baza ishlatgan o’lkalar Turkiyaning  operatsiyalarini himoya qilishlari kerak deb ta’kidlab shunday dedi:

‘ İnjirlikning yopilishi kun tartibida emas faqat ayniqsa DEASh uchun bu yerga kelgan o’lkalar   yordam bermaydigan bo’lsa bu yerda qolishlarining bir ma’nosi yo’q. xalqimiz buni so’rashda haqlar.”

Birlashgan millatlar tashkiloti ( BMT) Bosh kotibi  Antonio Gutteres bilan uchrashuvning tafsilotlarini  ham izoh etgan Chavusho’g’lu, Qozog’istonning poytaxti Ostonada bu oy boshlanishi rejalangan Suriya mavzusidagi siyosiy jarayon muhim ekanini faqat insoni fojia ham unutilmasligi kerak dedi.  

Insoniy  yordam qanday yetkazilishi masalasini Guterres bilan uchrashganlarini aytgan mevlut Chavusho’g’lu, xalqaro konvoy tashkil etib, hech bir ayrim kuzatmasdan barcha hududlarga gumanitar yordam yetkazib berishni  anglatdi.

Damashq rejimining  sulh poymolllari davom etganini eslatgan Chavusho’g’lu, yechimni  Ostona va Jenevada qidirish kerak dedi.

Chavusho’g’lu bilan Guterres Kipr muzokaralar bilan tegishli kelingan nuqtani ham ko’rib chiqdi.

Chavusho’g’lu bugun Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikon Kotzias bilan Kipr va o’zaro uchrashuvlarni ko’rib chiqdilar.

 



Aloqador xabarlar