Mevlut Chavusho’g’li, Antonio Guterres bilan uchrashish maqsadida AQShga boradi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashish maqsadida bugun tush vaqtida AQShga jo'nap ketadi.

643802
Mevlut Chavusho’g’li, Antonio Guterres bilan uchrashish maqsadida AQShga boradi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashish maqsadida AQShga boradi.

Bugun tush vaqtida AQShga qarab yo’l oladigan Chavusho’g’li, Guterres bilan ertaga uchrashadi.

Nyu-Yorkda bo’lib o’tadigan Chavusho’g’li-Guterres uchrashuvida mintaqaviy va xalqaro mavzularning qo’lga olinishi kutilmoqda.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres o’z vazifasini 2017-yilning 1-yanvari kuni  Ban Ki Moondan qabul qilib olgan edi.

Portugaliyalik siyosatchi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining to’qqizinchi Bosh kotibi Antonio Guterres 1995-yildan 2002-yilgacha Portugaliya Bosh vaziri bo’lgan; 2005-yildan 2015-yilgacha BMTning qochoqlar bo’yicha Oliy komissari lavozimida ishlagan.

Guterres, BMTning Bosh kotibi lavozimida esa 5 yil ishlaydi.



Aloqador xabarlar