Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ichki xavfsizlik vaziyati haqida ma’lumot berdi

Solaymon Soylu: “Oxirgi ikki oy ichida 5 kishi DAISh safiga qo’shilgan. DAISh bilan bog’liq juda jiddiy va o’ta muhim dalillarni aniqladik”.

643440
Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ichki xavfsizlik vaziyati haqida ma’lumot berdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiya Oliy majlis umumiy kengashiga oxirgi kunlarda mamlakatda ro’y bergan hodisalar va ichki xavfsizlik vaziyati haqida ma’lumot berdi.

U Turkiya Respublikasi terrorizmni tubdan yo’q qilishini, ildizini butunlay quritishini ta’kidladi.

Sulaymon Soyluning aytishicha, Turkiya chegaralarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, chegaralar devorlar bilan o’ralmoqda, terror tahdidlari birma-bir ko’zdan kechirilib, bunga qarshi chora-tadbirlar olinmoqda.

Shu yilning 20 martidan boshlab, yana ham ihtisoslashgan, maxsus ta’limdan o’tkazilgan politsiya xodimlari ish boshlashini, tan soqchilarning o’rtacha yoshi 32 dan oshmasligini aytgan Solaymon Soylu: “Oxirgi ikki oy ichida 5 kishi DAISh safiga qo’shilgan. DAISh bilan bog’liq juda jiddiy va o’ta muhim dalillarni aniqladik”,-dedi.

“Terrorizm faqatgina bir joyga hujum qilmaydi. Terrorizm butun insoniyatga tahdid solmoqda. Agar barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilsak, terrorizmni tubdan yo’q qila olamiz. Terrorizmni bartaraf etishga qo’limizdan kelgancha g’ayrat ko’rsatyabmiz. Terrorizm birlik va hamjihatligimizni buzishga harakat qilmoqda”,-deydi Solaymon Soylu.



Aloqador xabarlar