Turkiya rasmiylari Istanbulda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoralamoqda

Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag’ har qanday terrorchilik harakati Turkiyani terrorizmga qarshi kurashidan voz kechira olmasligini aytdi.

641671
Turkiya rasmiylari Istanbulda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoralamoqda

Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag’ har qanday terrorchilik harakati Turkiyani terrorizmga qarshi kurashidan voz kechira olmasligini aytdi.

Bozdag’ Istanbuldagi terrorchilik harakati qurbonlarining yaqinlariga ta’ziya bildirar ekan, yaradorlarga shifo tiladi.

“Istanbuldagi terrorchilik harakatini sodir qilgan terroristga, bunga buyruq berganlarga va ularga yordam berganlarga la’nat bo’lsin! Bu hujum nafaqat begunoh insonlarga, balki davlatimizga, tinchligimizga, qardoshligimizga nisbatan sodir qilingan xoin hujumdir. Bunday terror hujumlari birdamligimizni buza olmaydi. Qolaversa, Turkiyani terrorizmga qarshi kurash olib borishdan aslo to’xtata olmaydi. Turkiya terrorizmni tubdan yo’q qilgunicha kurashini davom ettiradi”,-deydi Turkiya Adolat vaziri Bekir Bozdag’.

Turkiya Transport, dengizchilik va xabarlashuv vaziri Ahmet Arslan: “Istanbuldagi terrorchilik harakati terrorizmning qonli yuzini yana bir marta namoyon qildi. Nafaqat mamlakatimizda balki, mamlakatimiz chegaralaridan tashqarida ham terror tashkiloti va terroristlarga qarshi qattiq kurashimiz davom etmoqda”,-dedi.

Din ishlari komiteti raisi Mehmet Go’rmez: “Bu qatliom xoh bozor maydonida, xoh ibodatgohda, xoh o’yin-kulgi maskanida sodir bo’lishidan qat’iy nazar, insoniyatga nisbatan jinoyatdir. Terroristlarning maqsadi makonlar emas, balki insonlarni, mamlakatni va xalqni o’ldirishdir. Terrorchilik harakatini kim sodir qilishidan qat’iy nazar, aslo qabul qilib bo’lmaydi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar