Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim:“Terrorizm bizni yenga olmaydi"

Binali Yildirim Istanbuldagi terrorchilik harakatida halok bo’lganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor etar ekan, yaradorlarga shifo tiladi.

641883
Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim:“Terrorizm bizni yenga olmaydi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Istanbul shahrining O’rtako’y dahasida sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga nisbatan o’z munosabatini bildirdi.

Binali Yildirim: “Terrorizm bizni yenga olmaydi, qardoshligimizni va hamjihatligimizni buza olmaydi”,-dedi.

Terrorchilik harakati oqibatida yaralangan fuqarolarning ahvoli bilan yaqindan qiziqqan Binali Yildirim shifoxonada bo’ldi.

Terrorizm insoniyatning dardiga aylanganini aytgan Binali Yildirim: “Terrorizmning maqsadi birlik va hamjihatligimizga bolta urish, qora niyatlarini amalga oshirishga zamin yaratishdir”,-dedi.

Uning aytishicha, Turkiya ma’lum vaqtdan beri terror tashkiloti PKK, Fathulloh Gulen harakati hamda Suriya va Iroqda siyosiy bo’shliqdan kelib chiqqan ekstremist guruhlarga qarshi kurash olib bormoqda.

“Turkiya bu kurashining natijasini oladi degan umiddamiz. Shunga aminmanki, Turkiya aslo terrorizmga bo’yin egmaydi. Bugun Turkiyada ro’y bergan terrorchilik harakati, ertaga boshqa biron davlatda yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, hech qaysi davlat to’liq xavfsiz emas. Bizda bo’lmaydi deb olmaydi. Terrorizmning dini, millati bo’lmaydi. U har joyda terrordir. Terrorizmga qarshi kurashda faqatgina o’zini o’ylashlik muvaffaqiyat emas, balki mag’lubiyat olib keladi”,-deydi  Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim.

U Istanbuldagi terrorchilik harakatida halok bo’lganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor etar ekan, yaradorlarga shifo tiladi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar