Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning yangi yil tabrigi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an yangi yil tabrigida Turkiyaning terrorga qarshi kurash va mamlakatning kelajagi masalasiga to'xtaldi.

641468
Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning yangi yil tabrigi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaning oxirgi yillarda, Mustaqillik  uchun yangi kurash berganligini aytdi.   

Prezident Erdog’an yangi yil tabrigida,

“Biz yashab o’tgan oxirgi yilning nomini to’g’ri atashimiz darkor. Turkiya oxirgi yillarda, Mustaqillik uchun yangi kurash olib bormoqda. Milliy birligimiz, hududiy yaxlitligimiz, tashkilotlarimiz, iqtisodiyotimiz, tashqi siyosatimiz qisqacha qilib aytganda davlat sifatida bizning borligimizni ta’minlagan barcha unsurlarimiz dahshatli hujum ostida. Terror tashkilotlari, bu kurashning faqatgina ko’zga ko’ringan tomonidir. Biz aslida, huddi mana shu tashkilotlarning ortidagi kuchlarga qarshi kurash olib bormoqdamiz” dedi.

Erdog’an,

“Nafaqat yurtimiz balki yurtimizning barcha mintaqalari qolaversa butun dunyo yangi davrga o’tishning dardini tortmoqda. Agar biz ushbu o’tish davrini kuchli va muvaffaqiyatli ravishda o’tkazib, ko’zlagan maqsadimizdan voz kechmay, o’z yo’limizni davom ettirgudek bo’lsak unda yorqin kelajak bizni kutmoqda. Buning uchun bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarishga majburmiz” dedi.

 Shuningdek Erdog’an,

“Sunga qaramay xalqimizning qo’llab-quvvatlashi bilan investitsiyalarimizni, yirik loyihalarimizni, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga qaratilgan shaxdam qadamlarimizni uzluksiz davom ettirmoqdamiz. Muammolarimiz bilan birgalikda rivojlanishni davom ettirayotganligimiz yurtimizga ko’z qo’yganlarni yana-da  aqldan ozdirmoqda. Ollox nasib qilsa 2017-yili, ham terror tashkilotlarining boshini bukamiz, ham yana-da yirik iqtisodiy o’sishlarga erishamiz” dedi.



Aloqador xabarlar