Suriyadagi tomonlarning kelishib olishi ortidan Erdog’an bilan Putin telefon orqali gaplashdi

Bugun kechasi butun Suriya boylab kuchga kiradigan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi e'loni ortidan Prezident Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi.

640489
Suriyadagi tomonlarning kelishib olishi ortidan Erdog’an bilan Putin telefon orqali gaplashdi

Prezident Erdog’an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali gaplashdi. Suhbat chog’ida bugun kechasi butun Suriya boylab kuchga kiradigan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi va Astana masalasi qo’lga olindi.

Bu haqida Prezident voizi Ibrahim Kalin ma’lumot berar ekan bugun kechasi butun Suriya boylab kuchga kiradigan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi haqida, “O’q uzishni to’xtatish kelishuvi, tabiiy olaroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan terror tashkiloti sifatida qabul qilingan guruhlarni o’z ichiga olmaydi. Ushbu tartib-qoida Halabda kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab tarqashini, Suriya boylab kuchga kirishini ta’minlaydi. Shuningdek gumanitar yordamning uzluksiz davom etishi va siyosiy jarayonning yana-da quvvatlanishini ko’zlaydi” dedi.   



Aloqador xabarlar