Rossiya bilan Suriya mavzusida borilgan sulh rejasi har lahza kuchga  kirishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Rossiya bilan Suriya mavzusida borilgan sulh rejasi har lahza kuchga  kirishi mumkin dedi.

639623
Rossiya bilan Suriya mavzusida borilgan sulh rejasi har lahza kuchga  kirishi mumkin

 

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Rossiya bilan Suriya mavzusida borilgan sulh rejasi har lahza kuchga  kirishi mumkin dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Rossiya bilan Suriya o’rtasida borilgan kelishuv har lahaza kuchga kira oladi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Prezident Kullayasida uyushtirilgan “ Madaniyat san’at buyuk mukofotlari” ziyofatida, kelishuvga borgan rejaga tegishli ma’lumot berdi.  

Suriya  mavzusida ikki bitim tayyor ekanini bildirgan Mevlut Chavusho’g’lu, bulardan biri siyosiy yechim boshqasi esa sulh bilan tegishli edi deb  aytdi.

Tashqi ishlar vaziri,

“ Suriyada doimiy  sulh va siyosiy yechimga yaqinmiz.” Dedi.

Sulhni Suriya bo’ylab yoymoqchi ekanlarini aytgan Cahvusho’g’lu, Turkiyaning Suriya mavzusidagi vaziyati o’zgarmaganini va siyosiy yechim eng yaxshi alternativa ekanini takrorladi.

Qozog’istonning poytaxti Ostonada kelgusi oy uyushtiriladigan Suriya mavzuli uchrashuvlar borasida ham to’xtagan Chavusho’g’lu,  

“ Terror tashkilotlari uchrashuvlarning tashqarisida tutiladi. Uchrashuvlarda, bo’lginchi terror tashkiloti PYDning Suriya tarmog’i PYD o’rin olmaydi.” Dedi.

Vazir Chavusho’g’lu, Turkiya YPG va DEASH bilan kurash davom etishini ham bildirdi.

Buning bilan birgalikda, Tashqi ishlar vazirlari ham Suriyada sulh mavzusida Turkiya, Eron va Rossiyaning kelishuvga borganlarini, Suriyada sulhni buzganlarga  sanksiya tatbiq etiladi dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Chavusho'g'lu , #Rossiya , #Suriysa , #Sulh , #Kuchga kirish

Aloqador xabarlar