Turkiya Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim rus harbiy samolyoti qulab tushgani sababli, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevga chuqur hamdardlik bildirdi.

637790
Turkiya Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Sochidan Suriyaga parvoz qilgan va 25 dekabr kuni erta tongda radarlardan yo'qolib qolgan TU-154 samolyoti Suriyaning Lazkiya viloyatidagi Rossiya harbiy bazasiga yo’l olgan edi.

Ko’p o’tmay samolyot bilan aloqa uzilgan va uchgandan 20 daqiqa o’tgach, radardan yo’qolgan.

TU-154 samolyotining halokati yuz bergan Qora dengiz sohilida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, qidiruv faoliyatlari davomida 11 ta jasad va 154 tana bo'laklari topilgan. 

Tegishli vakillar ma’lum qilishicha, 84 yo’lovchi va 8 ekipaj o’rin olgan samolyotning qoldiqlari sohildan bir yarim km uzoqlikda, taxminan 70 metr chuqurlikda topilgan.

Samolyotning qulab tushishiga uchuvchining xatosimi? yoki texnik nosozlikmi? sabab bo’lgani tekshirilmoqda.

Bu fojia samolyot parvoz qilayotgan paytda yuzaga kelgan va ekipaj favqulodda yordam talabi bilan signal bermagan.

Ushbu baxtsiz hodisa Turkiyani ham chuqur qayg’uga soldi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim rus harbiy samolyoti qulab tushgani sababli, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevga chuqur hamdardlik bildirdi.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga ta’ziya bildirdi.

“Sochidan parvoz qilgan Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli TU-154 harbiy samolyoti Qora dengizga qulab tushganini va samolyotdagi yo’lovchi va ekipajning barchasi halok bo’lganini eshitib juda qayg’ulandim. Ushbu baxtsiz hodisada hayotdan ko’z yumganlarning oilalariga va butun rus xalqiga hamdardlik bildiraman”,-deydi Fikri Ishik.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kotibi Huseyin Muftuog’lu ham rus samolyotining fojiaga uchragani sababli Rossiyaga hamdardlik bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar