Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik Rossiyada

Suriya muammosi va Halab vaziyatini muzokara qilish uchun Moskvada bo’lgan Fikri Ishik, Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovga qarshi uyushtirilgan suiqasd masalasini ham unutgani yo'q.

634952
Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik Rossiyada

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik, Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovga qarshi uyushtirilgan suiqasd ortidagilarning mutlaqo topilajagini aytdi.

Suriya muammosi va Halab vaziyatini muzokara qilish uchun Moskvada bo’lgan Fikri Ishik, rossiyalik kasbdoshi Sergey Shoygu bilan amalga oshirgan uchrashuvi chog'ida qurolli hujum oqibatida vafot etgan Andrey Karlov uchun ta’ziya izhor etdi.

Hujumni “terror hujumi” deya baholagan Milliy Mudofaa vaziri, hujum bo’yicha qo’lga kiritilgan barcha ma’lumotlarni Rossiya tomoniga ham yuborajakalarini bildirdi.

Rossiya bilan Suriyada amalga oshirgan hamkorlikga ham to’xtalgan Ishik;

“Suriya muammosi va Halab vaziyati to’g’risidagi muzokaralarimiz faqatgina ushbu masalalarni hal qilishga emas ayni vaqtda Turkiya-Rossiya hamkorligiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar