Chavushog'lu Anqaradagi suiqasd bilan bog'liq so'zladi

Mevlud Chovushog'lu, Anqaradagi suiqasdning orqasida Fethullah Terror Tashkiloti bo'lganini izohladi.

634837
Chavushog'lu Anqaradagi suiqasd bilan bog'liq so'zladi

Tashqi Ishlar Vaziri Mevlud Chovushog'lu, Rossiyaning Anqara favqulodda elchisiga qarata uyushtirilgan suiqasdning orqasida Fethullah Terror Tashkiloti (FETO) bo'lganini izohladi.

Rossiyadagi uchrashuvlarini davom ettirgan Chavushog'lu, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSH) Kotibi John Kerry bilan telefon orqali ko'rishdi.

Uchrashuvda Kerry, Rus favqulodda elchisi Andrey Karlovning suiqasd oqibatida hayotini yuqitishidan g'amgin ekanliklarini ifoda etdi.

Tashqi Ishlar Vaziri Chavushog'lu esa, ham Turkiya ham Rossiyaning bu hodisaning orqasida TEFOning borligini bilganini va hujum bilan aloqali ma'lumot yig'ganliklarini takidladi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, uchrashuvda shuningdek Moskvada o'tkazilgan Suriya mavzuli yig'ilish ham kun tartibiga keldi.

Chavushog'lu, yig'ilish ortidan berilgan mushtarak bildiruvning muhokama qilingan asosiy mavzular haqida ma'lumot berganini ifoda etdi.

Mevlud Chavushog'lu, Kerryning savoliga javoban Kipr mavsudiga doir o'zgarishlar haqida ham ma'lumot berdi.



Aloqador xabarlar