Turkiya TIV, Andrey Karlovning o'limi haqida bayonot berdi

Turkiya, Rossiyaning Anqara elchisi Andrey Karlovga qaratilgan suiqastning turk-rus do’stligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini ma’lum qildi.

633889
Turkiya TIV, Andrey Karlovning o'limi haqida  bayonot berdi

Turkiya, Rossiyaning Anqara elchisi Andrey Karlovga qaratilgan suiqastning turk-rus do’stligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini ma’lum qildi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mavzu haqidagi bayonotida rossiyalik elchi Andrey Karlovning vafotiga yo’l ochgan suiqasd ortidagilarning eng qisqa vaqt ichida aniqlanajagini va Turk Sudiga topshirilajagini qayd etdi.

Anqara Bosh prokurori esa voqea ortidan o’ldirilgan hujumchining kim ekanligining aniqlanganligini, shaxsi va oilasining uyida tintuv ishlarining yuritilganligini bildirdi.

Shu bilan birga Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rossiyalik kasbdoshi Vladimir Putin bilan telefon orqali uchrashib voqea haqida batafsil ma’lumot berar ekan, suiqasd yuzasidan Janob Putinga hamdardlik bildirdi.



Aloqador xabarlar