Moskvada Turkiya, Rossiya va Eron Suriya masalasini muhokama qildi

Mazkur yig’ilishga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu va Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif qatnashdi.

634610
Moskvada Turkiya, Rossiya va Eron Suriya masalasini muhokama qildi

Rossiyaning poytaxti Moskvada Turkiya, Rossiya va Eron Suriyadagi vaziyatga siyosiy yechim topish maqsadida yig’ilish o’tkazdi.

Mazkur yig’ilishga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu va Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif qatnashdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu yig’ilishdan keyin rasmiy bayonot berdi.

“Suriyada sulh bitimini tuzish va buni butun Suriyada amalga oshirishni muhokama qildik. Suriyada doimiy yechim siyosiy yechim demakdir. Gumanitar yordamlarni ko’paytirish va sulh bitimini doimiylashtirishga harakat qilamiz”,-deydi Mevlud Chavushog’lu.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #Rossiya , #Moskva , #Suriya masalasi

Aloqador xabarlar