Dmitriy Peskov:"Qotillikdan maqsad Rossiya-Turkiya munosabatlariga putur yetkazish bo'lgan"

“Rus ekspertlar xozir Ankarada. Kecha davlat rahbarlari hamkorlikda tergov yuritish xususida kelishib oldi. Sabr qilaylik va ekspertlarning o’z ishini yakunlashini kutaylik”,-deydi Dmitriy Peskov.

634589
Dmitriy Peskov:"Qotillikdan maqsad Rossiya-Turkiya munosabatlariga putur yetkazish bo'lgan"

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Dmitriy Peskov Ankarada rus elchining o’ldirilgani bilan bog’liq fikr bildirdi.

Uning fikricha, ushbu qotillik Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarga putur yetkazish va Suriyada siyosiy yechim harakatiga bolta urish maqsadida sodir qilingan.

Olib borilayotgan qattiq tergov natijasida jinoyatning orqasida kimlarning borligi tekshiriladi.

“Rus ekspertlar xozir Ankarada. Kecha davlat rahbarlari hamkorlikda tergov yuritish xususida kelishib oldi. Sabr qilaylik va ekspertlarning o’z ishini yakunlashini kutaylik”,-deydi Dmitriy Peskov.

Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matvienkoning aytishicha, xavfsizlik kuchlari rus mutahassislar hamkorligida qotillikni tekshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Bu ayni paytda sharaf masalasidir.

“Andrey Karlovning o’ldirilishi Rossiya-Turkiya aloqalariga nisbatan qasddan rejalangan provokatsiyadir”,-deydi Valentina Matvienko.



Aloqador xabarlar