Chavusho’g’li, Turkiyaning oxirgi diplomatik aloqasi va Suriya vaziyatni baholadi

Diplomatik aloqadagi oxirgi vaziyat va Suriyadagi ichki urush masalasini Turkiya Milliy teleradiokompaniyasida baholagan Chavusho’g’li, Qozog'istonda o'tkazilishi rejalashtirilgan Suriya muzokarasiga ham to'xtalib o'tdi.

633414
Chavusho’g’li, Turkiyaning oxirgi diplomatik aloqasi va Suriya vaziyatni baholadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Suriyadagi ichki urushning to’xtatilishi uchun Qozog’istonda rejim kuchlari bilan uchrashtirishi rejalashtirilgan muxolifatning, haqiqiy muxolifat vakili bo’lishi kerakligini aytdi.

Diplomatik aloqadagi oxirgi vaziyat va Suriyadagi ichki urush masalasini Turkiya Milliy teleradiokompaniyasida baholagan Chavusho’g’li Turkiyaning, Halabdagi tinch aholini xavfsiz ravishda evakuatsiya qilish uchun diplomatik sohada ko’plab uchrashuvlarning olib borilganligini belgilab o’tdi.

Chavusho’g’li bergan ma’lumotga ko’ra Turkiya tomonidan olib borilgan diplomatik aloqalarda Prezident Erdog’anning say-harakatini alohida ta’kidlab o’tish lozim.

Prezident Erdog’anning tashabbusi bilan Turkiya ishtirok etadigan yana ko’plab saamitlar ham bor.

Turkiya, Rossiya va Qatar mintaqa davlatlari o’rtasida o’tkaziladigan sammitlarda ishtirok etadi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning, Suriya rejimi va muxolifatning Qozog’istonda uchrashtirilishi tog’risidagi undoviga ham to’xtalgan Chavusho’g’li;   

“Ishonchli yig’ilish bo’lsa albatta biz bunga qarshi emasmiz va hatto qo’llab-quvvatlaymiz. Buning uchun muxolifat nomidan ishtirok etadigan vakil haqiqiy muxolifat bo’lishi shart. Haqiqiy muxolifat va muxolifatni salbiy jihatdan ko’rsatadigan say-harakatlar bo’lmasligi darkor” dedi.

Shuningdek Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li eronlik kasbdoshi Javad Zarif bilan Halabdagi vaziyat yuzasidan telefon orqali gaplashdi.

Muloqat chog’ida, halabliklardan tashqari ko’proq shia mazhabidagi musulmonlar istiqomat qiladigan Madaya va Foya aholisini ham evakuatsiya qilish masalasi qo’lga olindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar