Prezident Erdo'g'an "Turkiya terrorga bo'yin egmaydi" dedi

Prezident Erdo'g'an, "Bu hujumlar, Suriya va Iroqda sodir bo'lganlardan farqli emas" dedi.

632519
Prezident Erdo'g'an "Turkiya terrorga bo'yin egmaydi" dedi

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, Turkiyaning terror tashkilotlarining hujumiga uchraganini bildirib, "Bu hujumlar, Suriya va Iroqda sodir bo'lganlardan farqli emas" dedi.

Erdo'g'an, Kayseridagi hujum bilan aloqali bergan bayonotida, "Terror hujumlari, askar va politiyachilarimiz bilan 79 millon vatandoshimizni nishonga olgandir. Kayseridagi bombali hujum ham shunday. Asosan terror tashkiloti PKK, har fursatdan foydalanmoqda. Hujumlarning shakil va maqsadi, terror tashkilotining oldini olish, kuchini va quvvatini bartaraf qilish kerakligini ko'rsatmoqda.

Bu hujumning, hududimizdagi hodisalardan, asosan Suriya va Iroqdagi o'zgarishlardan, hattoki iqtisodiy muvozanatsizlikdan forig' bo'lmagani bilinadi. Terror tashkilotlariga qarshi, millatimiz bilan birlik, barobarlik ichida kurashamiz. "Bir millat, bir vatan, bir davlat" tamoyillari doirasida birlik, qardoshlik, bir Turkiya bo'lamiz" dedi.



Aloqador xabarlar