Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu Suriyada siyosiy o’tish jarayoniga ehtiyoj  bor dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Suriyada siyosiy o’tish jarayoniga shoshilinch ravishda  ehtiyoj  bor deb bildirdi.

632111
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu Suriyada siyosiy o’tish jarayoniga ehtiyoj  bor dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Suriyada siyosiy o’tish jarayoniga shoshilinch ravishda  ehtiyoj  bor deb bildirdi.

“ Suriya rejimi bilan uchrashishimiz bahs mavzusi emas. Faqat muxoliflar buni qilishi foydali” dedi.

Chavusho’g’lu, Halab shahridagi evakuatsiya ishlari borasida bir matbuoti anjuman uyushtirdi.

Kecha ( Payshanba)   tongdan beri 7 ming 500 kishi shahardan evakuatsiya qilindi degan Chavusho’g’lu, ayol, bola va keksalar birinchi o’rinda bo’lib  yaradorlar esa Turkiyaga  olib kelindi deb bildirdi.

Halabda sulhning buzilishi sababli o’zlari Rus va Eronlik kasbdoshlari, Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an esa Rossiya lideri Vladimir Putin  bilan uchrashuvlar o’tkazganini eslatdi.

“ Ruslar bilan muxolafatni uchrashtirishga harakat qildik. Ba’zi kelishuvlar ta’min etildi, ba’zilari esa tatbiq etilmadi. Uchrashuvlar davom etar ekan Halabda vaziyat yomonlashdi. Kelishuvning tatbiq etilishi juda muhim” dedi.

Mevlut Chavusho’g’lu, Halabdan ko’chirilganlarga  gumanitar yordamlar tezda yetkazib berish uchun uchrashuvlar davom etganini ham ma’lum qildi.

“ Hech kimsa  yordam etmasa, Turkiya respublikasi sifatida qanday ki 3 million insonga quchoq ochgan bo’lsak, Halabdagi birodarlarimizga ham yordam  yetkazib beramiz. Tayyorgarliklar to’liq” deb ifoda etdi.

Mevlut Chavusho’lu,  Halablik muxoliflarni ham Idlibga olib borish mavzusida bir kelishuv bahs mavzusi deb bildirdi.

Rossiya Prezident Vladimir Putin Suriya uchrashuvlari Qozog’istonda davom etish masalasini  ham baholagan Vazir Chavusho’g’lu,  bu bir  vositachilik emas, ishonch orttiruvchi bir mexanizm deb  ma’lum qildi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar