Mamlakat yetakchilari Istanbuldagi qonli terror hujumini qoraladi

Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Turkiyani qonga bulagan, insonlarni qayg’uga solgan xoin terroristlar kecha Istanbulda qonli terrorchilik harakatini sodir qilganini ma'lum qildi.

628125
Mamlakat yetakchilari Istanbuldagi qonli terror hujumini qoraladi

Istanbuldagi qonli terror hujumi mamlakat yetakchilarini larzaga soldi.

Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Turkiyani qonga bulagan, insonlarni qayg’uga solgan xoin terroristlar kecha Istanbulda qonli terrorchilik harakatini sodir qilganini ma'lum qildi.

“Barchamizni chuqur iztirobga solgan qonli terror hujumi davlatimizni terrorizmga qarshi yana ham ogohlikka chorlaydi va yana ham sergak qiladi”,-deydi Ismail Kahraman.

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu ham Turkiyaga qasd qilganlarning rejasi xalqning birdamligi, davlatning irodasi bilan bartaraf etilishini bildirdi.

“Mamlakatimizning tinchligini buzgan terroristlar qilmishiga yarasha javob beradi. Muborak Mavlud qandili arafasida qon to’kkanlar nafaqat bu dunyoda, balki narigi dunyoda ham jazosini tortadi. Xalqimizga hamdardlik bildiraman”,-deydi Mevlud Chavushog’lu.

Adolat vaziri Bekir Bozdag’: “Terror, terror tashkilotlari, terroristlar va bularning orqasida turgan tashqi kuchlarga qarshi Turkiyaning kurashi davom etadi. Hech qaysi terror tashkiloti va portlashlar Turkiyani terrorizmga qarshi kurashidan voz kechira olmaydi”,-dedi.

Bekir Bozdag’ portlashda halok bo’lganlarga Allohdan rahmat, yaradorlarga esa, shifo tiladi. Halok bo’lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Berat Albayrak ham qonli portlashni qoraladi.

“Terrorizmga qarshi kurashimiz oxirigacha davom etadi. Terroristlar qora niyatiga erisha olmaydilar. Davlatimizni bo’la olmaydilar, xalqimizni qo’rqita olmaydılar”,-deydi Berat Albayrak.

Taraqqiyot vaziri Lutfi Elvan ham Istanbuldagi portlashni qoraladi.

“Tank, snayper va miltiqqa ko’ksini qalqon qilgan turk xalqini hech kim sindira olmaydı. Xoin terroristlarga kerakli jazo beriladi”,-deydi Lutfi Elvan.

Shuningdek, MHP va JXP rahbarlari ham Istanbuldagi portlashni qattiq qoraladi.

Bundan tashqari, Harbiy Bosh shtab ham Istanbuldagi qonli terror hujumi sababli yozma bayonot berdi.

Bayonotda: “Turk Qurolli Kuchlari, jandarm, politsiya va xavfsizlik kuchlari bilan terrorizmga qarshi yelkama-yelka kurash olib boramiz”,-deyildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar