Istanbuldagi portlash oqibatida 29 inson halok bo'ldi

Kecha Turkiyaning Istanbul shahrida ikki marta ketma-ket terrorchilik harakati sodir bo’ldi.

627885
Istanbuldagi portlash oqibatida 29 inson halok bo'ldi

Kecha Turkiyaning Istanbul shahrida ikki marta ketma-ket terrorchilik harakati sodir bo’ldi.

Terror hujumida 29 inson halok bo’ldi. Bulardan 27 nafari politsiya xodimi.

Yaradorlar soni 166 nafarni tashkil qiladi.

Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmushning aytishicha, kecha oqshom paytlarda Istanbulda futbol musobaqasidan so’ng, politsiya xodimlariga qarata bomba ortilgan transport vositasida, keyingisi esa, birinchi portlashdan 45 daqiqa o’tgach, bir xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan.

“Katta kulfatga uchradik, lekin milliy birdamligimizni, terrorizmga qarshi kurashimizni saqlab qolishga majburmiz”,-deydi Numan Kurtulmush.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ham Istanbuldagi portlash terrorizmga qarshi olib borilgan kurashni sindirish maqsadida sodir qilinganini aytib o’tdi.

Portlash sodir bo’lishi bilanoq Ankaradan Istanbulga yetib kelgan Sulaymon Soylu qastdan rejalangan xoin terrorchilik harakati bomba ortilgan transport vositasida sodir qilinganini bildirdi.

Keyingi portlash esa, xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan.

Uning aytishicha, portlashga aloqadorlikda gumon qilingan 10 kishi qo’lga olingan.

Ushbu terrorchilik harakati yuzasidan Istanbul Bosh prokuraturasi tergov yuritmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar