Bugun butun Turkiya bo'yicha milliy motam e`lon qilindi

Bu haqidagi farmon mamlakat Bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan imzolangan. Farmonga muvofiq, barcha davlat tashkilotlaridagi davlat bayrog'i tushiriladi.

627926
Bugun butun Turkiya bo'yicha milliy motam e`lon qilindi

Istanbulda sodir etilgan ikkita terrorchilik harakati sababli bugun butun Turkiya bo'yicha milliy motam e`lon qilindi.

Bu haqidagi farmon mamlakat Bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan imzolangan.

Farmonga muvofiq, barcha davlat tashkilotlaridagi davlat bayrog'i tushiriladi.

Ma’lum qilganimizdek, kecha Istanbulda oqshom paytlarda Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida kuchli portlash yuz bergan.

Ma`lumotlarga ko'ra, u xudkush bombachi va bomba ortilgan mashina yordamida sodir qilingan.

Shu paytgacha olingan ma`lumotlarga ko'ra, portlash qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari politsiya xodimi.

 Bundan tashqari, Turkiyaning “Beshiktosh” futbol jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bo'lgan.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'anning ma`lum qilishicha, Istanbuldagi portlashlardan maqsad yanada ko'proq insonni o'ldirish bo'lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul , #portlash , #motam , #milliy motam , #terror

Aloqador xabarlar