Binali Yildirim Chankaya ko’shkida, daniyalik kasbdoshi Lars Lokke Rasmussenni qabul qildi

Bosh vazir Binali Yildirim, Chankaya Ko’shkida Daniya Bosh vaziri Lars Lokke Rasmussen bilan uchrashib, mushtarak matbuot anjumani uyushtirar ekan Bosh vazir ushbu anjumanda, terrorga qarshi kurashdagi hamkorlikga to’xtaldi.

627673
Binali Yildirim Chankaya ko’shkida, daniyalik kasbdoshi Lars Lokke Rasmussenni qabul qildi

Bosh vazir Binali Yildirim bir vaqtning o’zida PKK, PYD, DEASh va FETO/PDY kabi terror tashkilotlari bilan kurashishga majbur qolgan Turkiyaning boshqa mamlakatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, uning olib borgan kurashida muvaffaqiyatga erishishiga ijobiy hissa qo’shajagini aytdi.  

Bosh vazir Binali Yildirim, Chenkaya Ko’shkida Daniya Bosh vaziri Lars Lokke Rasmussen bilan uchrashib, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim matbuot anjumanida chog’ida,

“Terrorga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikga bugungi kunda, kechagi kunga qaraganda yana-da ko’proq ehtiyoj borligini Daniya bilan Turkiyaning yaxshi tushunib yetganligining guvohi bo’ldik. Bu ikki mamlakat bu borada hamfikrlar. PKK, PYD, DEASh va FETO/PDY kabi terror tashkilotlari bilan kurashishga majbur qolgan Turkiyaning boshqa mamlakatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, uning olib borgan kurashida muvaffaqiyatga erishishiga ijobiy hissa qo’shadi” dedi.   

Bosh vazir Binali Yildimir o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Ayniqsa Daniya hukumatining mustaqil sudlarining, PKK terror tashkilotiga oid Roj TV telekanalining man etilishi to’g’risidagi qarori, ushbu kurash yo’lida o’rnak deb ko’rsatiladigan darajada muhimdir. Terrorga qarshi kurashda Daniya bilan davom etib kelayotgan hamkorligimizning FETO terror tashkilotida ham davom etishi eng buyuk orzularimizdan biridir”.    

 



Aloqador xabarlar