Prezident Erdo'g'an xalqga tashakkur bildirdi

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, Turk Lirasiga o'tgan xalqga tashakkur bildirdi.

626095
Prezident Erdo'g'an  xalqga tashakkur bildirdi

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, Turk Lirasiga o'tgan xalqga tashakkur bildirdi.

Erdo'g'an, Prezidentlik Kulliyasida bo'lib o'tgan "31. Komitetlar yig'ilishida" so'zladi.

Turkiya ustidan o'yinlar bo'lganiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, ayrim muhitlarning FETO va PKKdan foydalanib Turkiyani o'rab olish kabi paskash bir g'ayrat ichida bo'lganini bildirib, bunga qarshi kurash olib borganliklarini izohladi.

Erdo'g'an; "So'ngi kirishuvlari esa iqtisodiyot sohasida edi. Iqtisodiyot va turizm ustidan yuritilgan faoliyatlar va valyuta spekulatsiyasini tarqatishga harakat qilinmoqda" deb so'zladi.

Prezident, Hukumatning iqtisodiyot bilan aloqali olgan tadbirlarining davom etishini bildirdi.

Erdo'g'an, "Valyutaning ko'tarib borishiga qaraganda, jiddiy iqtisodiy bir vaziyat bor. Malum tomonlar tomonidan gij-gijlangan bir valyuta spekulatsiyasi bilan qarama-qarshimiz" dedi.

Millatning vatan bahs mavzusi bo'lganda boshqa narsaga ahamiyat bermaganini ifoda etgan Erdo'g'an, xalqning Turk lirasiga e'tibor berishga davom etishiga ishonganini, bu millatni, foizga mahkum qilmasligini izohladi.

O'tmishda ham bunga o'xshash o'yin olib borganini eslatgan Erdo'g'an; "Moliyaviy taranglikdan oldin 2007 saylovlarida, siyosiy jihatdan ta'sir ko'rsatish uchun iqtisodiy zarba bilan urmoqchi bo'lganlar. Xalq namoyishlari, 17-25 Dekabr kunlarida, Janubiy sharqdagi viloyatlarimizdagi namoyishlarda bo'lgani kabi, Suriya va Iroq tarangligida ham ayni o'yinlar bo'lgan. Iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatib Turkiyaga zarar berishni istaganlar maqsadiga yeta olmadi. Endi Turkiyaning Suriya va Iroqda muhim tashabbusi bo'lgan, Majlisda Prezidentlik sistemaga o'tish arafasida ekanligini, Yevropa Ittifoqi bilan aloqali muhim qaror berish bo'lganliklarini yana bir bor bildirildi" deb ifoda etdi.

Erdo'g'an, Turk millatini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy qadriyatlaridan voz kechirmoqchi bo'lganlarga fursat bermasligini bildirdi.



Aloqador xabarlar