Binali Yildirim, Turkiya va Rossiya tijorati haqqida mulohaza bildirdi

Bosh Vazir Yildirim, Turkiya va Rossiyaning tijoratni mahalliy pul birligi bilan olib borish uchun faoliyatga o'tganini izohladi.

625998
Binali Yildirim, Turkiya va Rossiya tijorati haqqida mulohaza bildirdi

Bosh Vazir Binali Yildirim, Turkiya va Rossiyaning tijoratni mahalliy pul birligi bilan olib borish uchun faoliyatga o'tganliklarini izohladi.

Yildirim, Rus xabar agentligi Ria Novostiga bergan muloqotida, ikki o'lka aloqlari bilan mintaqaviy mavzularni baholadi.

Yildirim, "Mahalliy pul birligiga o'tish masalasini muhokama qildik. Rus tomoni ham ijobiy nazariyaga ega. Markaz banki buni tatbiq etish uchun faoliyatga o'tdi va ayrim texnik sohalarda o'zgarishlar kiritilishi kerak" dedi.

Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalariga ham to'xtalib o'tgan Yildirim, "Turkiya va Yevropa Ittifoqi aloqalari qadimga borib taqaladi. Aloqalar ijobiy rivojlanmoqda, ayrim damlar esa inqirozlar sodir bo'lmoqda. Bu har davlat bilan bo'lishi mumkin, Rossiya bilan bo'lgani kabi. U yerda olingan qarorlar muhim emas. Bu, Rus Sputnik agentligi bilan aloqali qaror bilan ayni. Yevropa Ittifoqi Sputnikning xabarlaridan mamnun emas, shuning uchun cheklamoqchi. Bir tomonda ifoda erkinligidan bahs etar ekan, boshqa tomonda bundan faqat o'zi foydalanmoqchi. Bu ikki yuzlamachilik" dedi.

Turkiyaning a'zolik talabini qoldirish qarori berilmaganini va bera olmasliklarini ifoda etgan Bosh Vazir Yildirim; "YI, o'z kelajagi uchun tashlagan qadamlarni yaxshi tushunishi kerak. Ittifoqning kelajagi esa Turkiyasiz bo'lmaydi. Ham Rossiya ham Turkiyaning Yevropa Ittifoqi mavzusids turli sohalarda hamfikr bo'lgan tomonlar bor. Mavzuga doir qaror olganda ham natijasi nima bo'lishi yaxshi tushunilishi kerak" deb mulohaza bildirdi.

Yildirim Suriyadagi mavzularni ham kun tartibiga keltirdi.

Turkiyaning, Suriyada qon to'kishini oldini olishiga diqqat qaratgan Yildirim, lekin rejimning bu mavzuda durust bo'lmaganini izohladi.

Binali Yildirim; "Rossiyaning rejimga qarshi qat'iy bo'lishining foydali ekanini, lekin mushtarak g'ayratlarimizni davom ettiramiz. Sulh tuzish va jabrdidalarga insonlarga yordam berish kerak" deb ifoda etdi.



Aloqador xabarlar