Gretsiya, 3 nafar FETO a’zosini Turkiyaga ekstraditsiya qilish haqida qaror qabul qildi

Gretsiya Sudi, Turkiyadagi 15-iyul voqeasi ortidan Gretsiyaga qochgan 8 nafar to’ntarishchidan 3 nafarini Turkiyaga ekstraditsiya qilish haqida qaror qabul qildi.

624892

Gretsiya Sudi kecha 3 to’ntarishchi to’g’risidagi Turkiyaning ekstraditsiya talabini rad etgan edi.

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Fikri Ishik ushbu qarorni,

“Gretsiya, Turkiya bilan NATO tarkibidagi ittifoq davlat hisoblanadi. Biz Gretsiya hukumatidan FETO a’zolarini Turkiyaga ekstraditsiya qilishlarini talab qilgan edik. Bundan buyon ham bu doirada har qanday chora ko’rishlarini kutamiz” deya baholadi.

Gretsiyada ekanligi ma’lum bo’lgan yana 2 nafar to’ntarishchi haqida esa hali hanuz hech qanday qaror qabul qilingani yo’q.

Aloqador xabarlar