Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an 30-Mahalla komiteti yig’ilishida dolzarb masalalarga e'tibor qaratdi.

621821
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Suriyada Turk Qurolli Kuchlari boshchiligida olib borilgan Evfrat qalqoni operatsiyasi biron davlatga qarshi rejalanmaganini bildirdi.

Prezident Erdog’an bu ifodalarni prezidentlik saroyida o’tkazilgan 30-Mahalla komiteti yig’ilishida tilga oldi.

“24 avgustdan beri davom etgan operatsiyadan maqsad terror tashkilotini yo’q qilishdir”,-deydi Prezident Erdog’an so’zlagan nutqida.

Erdog’an Yevropa Ittifoqi tengsizlikdan voz kechgan taqdirda, Turkiya darhol Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga tayyor ekanini tilga oldi.

Erdog’an: “Bizni Yevropadan chetlatishga hech kimning kuchi yetmaydi. Biz Yevropada mehmon emasmiz, mezbonmiz. Yevropa Ittifoqi va ba’zi Yevropa davlatlari bilan oxirgi paytlarda yuzaga kelgan qiyinchiliklar dolzarb siyosiy to’qnashuvlardir”,-dedi.

“Yevropa Ittifoqi bergan va’dalarini bajarganda, jumladan, qochqinlar uchun jami 6 mlrd evro moddiy yordam o’tkazganda, muzokara moddalarini muhokama qo’yganda, turklarni vizadan ozod qilganda biz ham albatta yaxshi niyatimizni ko’rsatamiz. Lekin, bundan buyon bir tomonlama qadam tashlash davri tugadi”,-deydi Erdog’an.

 

 

 



Aloqador xabarlar