Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Yevropa parlamentiga e’tiroz bildirdi

Erdog’an: “Turkiyada favqulodda holat e'lon qilinsa bundan sizga nima? Bu mamlakatni Yevropa parlamenti boshqara olmaydi. Bu mamlakatni Turkiya hukumati boshqaradi. Bundan sizga nima?..."

618424
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Yevropa parlamentiga e’tiroz bildirdi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Turkiya bilan muzokaralarni to’xtatish qarori olgan Yevropa parlamentiga e’tiroz bildirdi.

"Deyarli har kuni terrorchilik harakatlariga duch kelayotgan Turkiyadan terror tashkilotlariga qarshi kurash olib bormaslikni talab qilish davlatni terroristlar ixtiyoriga topshirish bilan barobardir",- deydi Prezident Erdog'an. 

Turkiyada tadbiq etilgan favqulodda holat qarorining tanqid qilinganiga to’xtalgan Erdog’an: “Turkiyada favqulodda holat tadbiq etilsa bundan sizga nima? Bu mamlakatni Yevropa parlamenti boshqara olmaydi. Bu mamlakatni Turkiya hukumati boshqaradi. Bundan sizga nima? Agar Yevropa davlatlarida to’ntaruv bo’lganda, ular nafaqat favqulodda holat qarori, balki undan ham qattiqroq jazolarni keltirib chiqarardi. Bunga ko’p guvoh bo’lganmiz. Mana oxirgi marta qochqinlar masalasida Yevropa davlatlari nafaqat haq va huquqni, balki insoniy qadriyatlar va insonparvarlikdan qanchalik yiroqlashganini ko’rsatdilar. Agar Yevropa Ittifoqi “Boshingizga qanday kulfat tushsa tushsin, ovozingizni chiqarmang” deyayotgan bo’lsa bekorga ovora bo’ladi”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar