Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin Suriya masalasini muhokama qildilar

Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin Turkiya-Rossiya munosabatlaridan tashqari Suriya masalasini ham muhokama qildilar.

618097
Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putin Suriya masalasini muhokama qildilar

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o’rtasida telefon orqali muloqat bo’lib o’tdi. Ular ushbu muloqat chog’ida Turkiya-Rossiya munosabatidan tashqari Suriya masalasi bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy masalalarni muhokama qildilar.

Shu yilning 24-avgusti kuni Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turkiya rahbarligida boshlatilgan “Firat qalqoni” amaliyoti doirasida al-Bob mintaqasida olib borilgan amaliyotda turk askarlarini nishonga olgan hujum haqidagi fikr almashgan Erdog’an bilan Putin Halabga, gumanitar yordam yetkazib berish muammosini hal qilishni tezlashtirish borasida kelishib oldi.

Firat qalqoni amaliyotining, Turkiyaning terrorga qarshi kurashidagi qarorlilikning ko’rsatkichi ekanligini ta’kidlagan Erdog’an, Suriyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaganliklarini ham belgilab o’tdi.

Uchrashuv chog’ida ikki lider, Turkiya-Rossiya munosabatlarining qayta tiklanishi jarayonini qo’llash to’g’risidagi qarorliliklarini tasdiqladilar.

Ikki mamlakat munosabatini har sohada mustahkamlashning ahamiyatiga to’xtalgan ikkala lider, bu doirada Bosh vazir Binali Yildirimning 6-dekabr kuni Moskvaga qaratilgan ziyorati va 2017-yilning birinchi yarmida bo’lib o’tadigan Turkiya-Rossya Oliy darajali Hamkorlik kengashi yig’ilishi UDIK ni ham unutmadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar