Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyadagi PKK terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida bugun 3 askar shahid bo'ldi.

616961
Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash davom etmoqda

Turkiyaning Shirnak viloyatining Judi tog’i atrofida tekshiruv faoliyati yuritgan xavfsizlik kuchlarining yo’liga, PKK terror tashkiloti tomonidan oldindan joylashtirib qoyilgan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida 1 askar shahid bo’ldi.

Turkiyaning Hakkari viloyatining Shemdinli tumanida kecha PKK terror tashkilotining hujumi chog’ida 1 askar shahid bo’ldi.

Xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Derejik shaharchasining Kilit Tepe nomidagi harbiy baza hududiga PKK terror tashkiloti tomonidan hujum uyushtirildi.  

Hujumda og’ir tan jarohati olgan bir askar, olib borilgan kasalxonada shifokorlarning barcha urinishlarga qaramay shahid bo’ldi.

Terroristlarni qo’lga tushirish uchun mintaqada amaliyot boshlatildi.

Shuningdek Turk qurolli kuchlari tomonidan, Iroqning shimolida joylashgan Avashin, Basyan va Gara mintaqalaridagi terror obyektlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumida 5 obyekt vayron qilindi.



Aloqador xabarlar