Izmirda Ak partiyaga tegishli binoga qurolli bosqin uyushtirildi

Qurolli bosqinning kimligi noma’lum bir shaxs tomonidan sodir qilinganini aniqlagan politsiya xodimlari qidiruv e’lon qildi.

616011
Izmirda Ak partiyaga tegishli binoga qurolli bosqin uyushtirildi

Izmirning Karabag’lar tumanida Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya)ga tegishli binoga qurolli bosqin uyushtirildi.

Izmir ko’chasida joylashgan Ak partiya Karabag’lar tuman idorasiga 7 marta o’q uzildi.

Quvonarlisi shuki voqea sodir bo’lgan paytda binoda hech kim bo’lmagan.

Ma’lum bo’lishicha, binoning katta eshigiga 4 ta o’q kelib tekkan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari atrofdagi xavfsizlik kamera qaydlarini tekshirmoqda.

Qurolli bosqinning kimligi noma’lum bir shaxs tomonidan sodir qilinganini aniqlagan politsiya xodimlari qidiruv e’lon qildi.



Aloqador xabarlar