Prezident Erdog’an: “YI Turkiyani 53 yildan beri shunchaki chalg’itib yuripti”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an O’zbekistonning Samarqand shahridan qaytar ekan uchoqda jurnalistlarning Turkiya kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

614172
Prezident Erdog’an: “YI Turkiyani 53 yildan beri shunchaki chalg’itib yuripti”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Yevropa ittifoqining Turkiyani 53 yildan beri shunchaki chalg’itip yurganligini aytdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an O’zbekistonning Samarqand shahridan qaytar ekan uchoqda jurnalistlarning Turkiya kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

Turkiya-YI masalasiga kelib taqalgan savolga Erdog’an,

“Turkiya eng avvalo o’zini bemalol his qilishi kerak. Buning uchun 'mutlaqo Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishimiz shart' deb oyoq tiramaslgi kerak degan fikrdaman. Albatta bu so’zlarimni ba’zilari tanqid qilishi mumkin lekin men shunday fikrdaman. Masalan, Shanxay hamkorlik tashkilotiga ham a’zo bo’lsak bo’ladi. Men bu mavzuni Hurmatli Putin bilan ham, Hurmatli Nazarboyev bilan ham, ShHT-ga a’zo boshqa davlat rahbarlari bilan ham gaplashib ko’rdim” dedi.

Erdog’an, YI-ning 53-yildan beri Turkiyani shunchaki chalg’itib yurganligini ta’kidlab,

“Hammasi o’rtada. Biz ochiq-oydin gaplashganimiz uchun liderlar sammitiga taklif qilmaslik haqida qaror qabul qildilar. Lotin Amerika davlatlari bilan vizasiz rejim tartibi mavjud lekin Turkiyani haligacha chalg’itmoqdalar. Yil yakuniga qadar sabr qilamiz. Aks holda biz bu haqidagi masalaga nuqta qoyamiz” dedi.

Prezident Erdog’anning kun tartibidagi ikkinchi masalasi esa 15-iyul kuni Turkiyani to’ntarishga tashabbus qilgan Fetullahchi terror tashkilotiga qarshi kurash edi.

 Erdog’an,

“Jinoyatga qo’l urgan albatta bunga javob beradi” dedi.

Prezident Erdog’an, joriy yilning dekabr oyida rasmiy ish safari bilan Amerika Qo’shma Shtatlariga borishi mumkinligini ham eslatdi.

AQShning Chicago shahrida o’tkaziladigan amerikalik musulmonlarning yig’ilishida ishtirok etishi mumkinligini ifodalagan Erdog’an, agar bu ziyorat amalga oshgudek bo’lsa unda AQShning yangi Prezidenti etib saylangan Donald Trump bilan ham uchrashishi mumkinligini qayd etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar