“Firat qalqoni” amaliyotining 88-kunida 1 nafar turk askari shahid bo’ldi

"Firat qalqoni" amaliyoti Suriyaning shimolini terroristlardan qutqairsh maqsadida 2016-yilning 24-avgusti kuni Turkiyaning rahbarligida boshlatildi.

614177
“Firat qalqoni” amaliyotining 88-kunida 1 nafar turk askari shahid bo’ldi

Suriyaning shimolini terroristlardan qutqairsh maqsadida 2016-yilning 24-avgusti kuni Turkiyaning rahbarligida boshlatilgan “Firat qalqoni” amaliyotida 1 nafar turk askari shahid bo’ldi.

Amaliyot doirasida DEASh terror tashkilotiga oid 83 va PYD/PKK terror tashkilotiga oid 5 obyekt yo’ qilndi. Muxolifat guruhdan 9 kishi esa tan jarohati oldi.

Turk qurolli kuchlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan Erkin Suriya armiyasi olib borgan amaliyotning 88-kunining oqshom vaqtlarida, al-Bob mintaqasida, DEASh terror tashkiloti tomonidan Turk armiyasi o’rin olgan mintaqaga qarshi bombali hujum uyushtirildi.

Hujum oqibatida tan jarohati olgan 3 askar Turkiyaning Kilis viloyati, Elbeyli tumanidagi kasalxonaga olib kelindi.

Og’ir tan jarohati olgan bir askar Gaziantepdagi kasalxonaga yuborilar ekan shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’ldi.

Amaliyot boshlaganidan beri esa 780 kvadrat kilometrlik maydonni o’z ichiga olgan 214 turar-joy mintaqasi nazorat ostiga olindi.

 



Aloqador xabarlar