Ahiska turklaridan yana 188 kishi Turkiyaga olib kelindi

Bugungacha 3 guruhda 1 206 kishi olib kelinar ekan kecha Erzinjanning Uzumli tumaniga 341 nafar Ahiska turklari joylashtirildi. Bugun esa Ukrainaning Zaporijya shahridan 188 kishi Erzinjan aeroportiga yetib keldi.

613870
Ahiska turklaridan yana 188 kishi Turkiyaga olib kelindi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning buyrug’i, Bosh vazir Binali Yildirimning koordinatsyasi doirasida Turkiyaga joylashtirilishi haqida qaror qabul qilingan Ahiska turklaridan 188 kishi yana Ukrainadan Turkiyaning Erzinjan viloyatiga olib kelindi.

Bugungacha 3 guruhda 1 206 kishi olib kelinar ekan kecha Erzinjanning Uzumli tumaniga 341 nafar Ahiska turklari joylashtirildi. Bugun esa Ukrainaning Zaporijya shahridan 188 kishi Erzinjan aeroportiga yetib keldi.

Turkiyaga olib kelingan to’rtinchi guruhda 99 oilalik, 529 kishi mavjud. Ular ichidan faqatgina 40 nafar ahiskalik Turkiyaning Bitlis viloyati, Ahlat tumaniga joylashdi.

Ahiska turklaridan Sebile Islamova Prezident Erdog’an bilan Bosh vazir Yildirimga minnatdorchilik bildirib, bolalari va nabiralarining o’z vatanida ulg’ayishi uchun qanchalik hursand ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Dildara Eyubova esa o’zini tushdagidek his qilganligini qayd etdi.

Turkiyaga kelganidan judayam baxtiyor ekanligini aytgan Eyubova,

“O’z yurtimizga kelishni, yashashni, bolalarimizning turk tilida tahsil olishini orzu qilar edik. Mana keldik, judayam bahtlimiz” deya gapirdi.

Noyabr oyi, ahiskalik turklar tarixida g'amgin va alamli voqealar bilan o'rin olgan. Chunki ular bundan roppa-rosa 72 yil muqaddam yani 1944-yilning noyabr oyida Gruziyaning Ahiska viloyatidan Markaziy Osiyoga badarg’a qilingan. Ahiska turklari 72 yil ortidan o’zlari orziqib kutgan kunga yetib keldi yani ular o’z vataniga qaytdilar

 



Aloqador xabarlar