Prezident Erdog’an: "Turkiya iqtisodiyoti 15-iyulda katta sinovdan o’tdi".

Kecha rasmiy ish safari bilan Belarusga borgan Prezident Erdog’an, kasbdoshi Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda ishtirok etgan “Turkiya-Belarus Biznes forumi”da ishtirochilarga xitob etdi.

609231
Prezident Erdog’an: "Turkiya iqtisodiyoti 15-iyulda katta sinovdan o’tdi".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiyaning kuchli iqtisodiyotining 15-iyul kuni katta sinovdan o’tganligini aytdi.

Kecha rasmiy ish safari bilan Belarusga borgan Prezident Erdog’an, kasbdoshi Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda ishtirok etgan “Turkiya-Belarus Biznes forumi”da ishtirochilarga xitob etdi.

Belarusga o’tgan oylarda rejalashtirgan ziyoratini Fetullahchi terror tashkilotining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi yuzasidan kechiktirishga majbur qolganligini eslatgan Erdog’an, Turk armiyasining ichiga sizib kirgan bir guruh terrorist tomonidan 15-iyul kuni kechasi boshlatilgan to’ntarish tashabbusining turk xalqining fidokorligi va jur’ati soyasida to’xtatilganligini ta’kidladi.  

Belarus Prezidenti Lukashenko va Belarus xalqiga og’ir kunlarda Turkiyaning yonida bo’lganligi uchun minnatdorchilik bildrigan Erdog’an,

“Turkiyaning mustahkam poydevorga tayangan kuchli iqtisodiyoti 15-iyul kuni yana bir bor katta sinovdan o’tdi. Ko’pchilik iqtisodiyot bunday terror hujumi oqibatida uzoq davom etadigan inqirozga duch kelar edi. Lekin Turkiya iqtisodiyoti kichik muammolar bilan bu jarayonni ortda qoldirdi” dedi.

Turk iqtisodiyotining barqaror ravishda o’z yo’lida davom etganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an, ayniqsa xalqaro investorlarning Turkiyaga bo’lgan ishonchini davom etganliklarini va buni ham o’z faoliyatiga aks ettirganliklarini aytdi.

Prezident Erdog’an haligacha davom etgan Favqulodda vaziyat tartibini fuqarolarning kundalik shaxsiy va ish hayotiga ziyon yetkazmasligiga bog’ladi.  

Erdog’an, yirik investitsiya va loyihalarning ham tez yuritilayotganligini ifodaladi.

Belarus bilan bo’lgan savdo hamkorligining 14 yilda 10 barobarga ortganligini ta’kidlagan Erdog’an, 2003-yili 49 million dollarga yetgan tashqi savdo hajmining 2013-yili 545 million dollarga yetganligini qayd etdi.  

Prezident Erdog’an, Lukashenko bilan ikki mamlakat o’rtasidagi tijoriy hajmini ilk bosqichda 1 milliard dollarga chiqarishni rejalashtirganligini aytdi.  

Belarus firmalarining ham Turkiyaga investitsiya kiritishlarini kutganligini ifodalagan Erdog’an, ikki mamlakat o’rtasida havo yo’llarining ham safar uyushtirishini xohlaganliklarini bildirdi.  

Belarus xalqining Turkiyani turizm markazi sifatida tanlashining ham muhim ekanligini qayd etgan Erdog’an, 204 ming beraluslikning o’tgan yili Turkiyaga kelganligini, buning muhim bir ijobiy qadam ekanligini belgilab,

“Turkiyadan Belarusga, Belarusdan Turkiyaga qaratilgan bordi-keldilar yana-da ortsin” dedi.  

Prezident Erdog’an Belarus ziyorati ortidan Turkiyaga qaytdi.



Aloqador xabarlar