Bosh vazir Binali Yildirim AQShning yangi Prezidenti Donald Trumpni tabrikladi

Bosh vazir Binali Yildirim, Amerika Qo’shma Shtatlarining 45-Prezidenti etib saylangan Donald Trumpga qo’ng’iroq qilib uni tabrikladi.

609257

Bosh vazir Yildirim suhbat chog’ida saylov natijasining AQSh xalqiga hayrli bo’lishini tiladi.  

O’zaro hurmat, mushtarak manfaat va qadriyatlarga tayangan Turkiya-AQSh munosabatining bugungi kunda har doimgidan yana-da muhim ekanligini ta’kidlagan Yildirim, kelgusi davrda hamkorligini yana-da mustahkamlash uchun mushtarak say-harakatlarining davom etishini bildirdi.  

Bosh vazir Binali Yildirimga minnatdorchilik bildirgan AQShning yangi Prezidenti Trump ham Turkiyaga katta e’tibor berganligini, Turkiya-AQSh munosabatlari va ikki mamlakat o’rtasidagi muloqatning kelajakda yana-da rivojlanishiga ustivor vazifa sifatida qarashini qayd etdi.

Shuningdek suhbatda mintaqaviy va xalqaro mavzularda o’zaro hamkorlik va koordinatsiyani kuchaytirish va bu doirada o’zaro oliy darajali uchrashuvlarning davomiga qaratilgan mushtarak iroda takror ta’kidlandi.  

Aloqador xabarlar