Mevlud Chavushog'lu FETO va PKK haqida mulohaza bildirdi

Mevlud Chavushog'lu, Turkiyaning PKKga qarshi tadbirlar olganini izohladi.

606899
Mevlud Chavushog'lu FETO va PKK haqida mulohaza bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Turkiyaning, asosan "Yazidilarni mudofaa etish" nomi ostida Iroqning Sanjar hududini ham Kandilga aylantirishga havas qilgan terror tashkiloti PKKga qarshi tadbirlar olinganini izohladi.

Chavushog'lu, Turkiya Oliy Millat Majlisi Reja va Budjet Komissiyasida, Tashi ishlar vazirligining 2017 yilgi budjeti bilan aloqali tanituvida, o'tgan yilgi budjet bilan bir qatorda Turkiya va dunyoda muhim o'zgarishlar sodir bo'lganini, bulardan eng muhimi Fethullah terror tashkilotining (FETO) 15 Iyul davlatni to'ntarish tashabbusi bo'lganini bildirdi.

FETOning to'da boshi Fethulah Gulen bilan boshqa tashkilot a'zolarini Turkiyaga qaytarilishi uchun uringanliklarini bildirib, "Ayrim Feto a'zolari Turkiyaga qaytarib berildi. Pensilvaniyadagi to'da boshi uchun ham Adliy vazirligimiz bilan birga faoliyat olib bormoqdamiz. Kerak bo'lgan hujjatlarni Amerika qo'shma shatatlari (Aqsh) mahkamalariga yetkazdik. Adliya vazirimiz ham Washingtonni ziyorat qiladi. FETO bilan aloqali Washintgonda muhim hujjatlar bor" deb so'zladi.

Tashqi siyosatga ham toxtalib o'tgan Chavushog'lu, Iroqda yillardan beri janjal bo'lganini va hukumatning o'z o'lkasida to'liq hukumronligi bo'lmaganini ifoda etib, "Daish va PKK kabi terror tashkilotlari Iroqda joylashib olgan. Bunga tomoshabin bo'lib turmaymiz. Bu o'lkada bemalol yurgan PKK va Daishning o'lkamiz va fuqarolarimizni tahdit etishiga ruxsat bermaymiz. Shuning uchn Iroqni dastaklaymiz" dedi.

Turkiyaning Musul mavzusida ham nozuk bo'lganini ifoda etgan Chavushog'lu so'zlarini quyidagicha davom ettirdi: "Hadi Shabi kabi mazhabchi guruhlarning Musul va Telaferga kirmasligi kerakligini, ham Bog'dot ham UIroq boshqaruviga tushuntirayapmiz. Keyinchalik maydonga keladigan taranglikni bartaraf qilish qiyin bo'ladi. Asosan 'Yazidilarni mudofaa etish' kabi ko'rinib Sanjarni ham Qandilga aylantirishni istgana PKKga qarshi ham tadbirlar olingan vaziyatda. Keyinga paytlar harbiy kuch yuborishnnig ham maqsadi bu. Bunga rat'qiylik bilan ijozat bermaymiz" dedi.

Mevlud Chavushog'lu, Suriya inqirozi mavzusida ham, siyosiy yechimning davomli bo'lishini, lekin buni o'rnatish uchun sulh bitimi tuzish kerakligini izohladi.

Chavushog'lu, Turk fuqarolarining Yevropa Ittifoqi a'zosi o'lkalarda vizasiz sayohat qilish mavzusida, "Yevropa Ittifoqi bilan erkin sayohat mavzusida kelisha olmasak ko'chmanchilarni qaytarib olishni ham bir chetga suramiz" dedi.



Aloqador xabarlar