Turkiyaning Bingo’l viloyatida 1 nafar qishloq soqchisi shahid bo’ldi

Bingo’lda PKK terror tashkilotiga qarshi yuritilgan amaliyot chog’ida qishloq soqchilari bilan PKK terror tashkiloti a’zolari o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi.

605972
Turkiyaning Bingo’l viloyatida 1 nafar qishloq soqchisi shahid bo’ldi

Turkiyaning Bingo’l viloyati, Gench tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi yuritilgan amaliyot chog’ida 1 nafar qishloq soqchisi shahid bo’ldi.

Bingo’l viloyatining Gench tumaniga qarashli Yeniyazi qishlog’ining Kirishli qishloqchasida PKK terror tashkilotiga qarshi yuritilgan amaliyot chog’ida qishloq soqchilari bilan PKK terror tashkiloti a’zolari o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi.  

To’qnashuvda, terroristlar tomonidan uzilgan o’q natijasida tan jarohati olgan qishloq soqchisi olib borilgan Gench Davlat kasalxonasida shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid bo’ldi.

Turk qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Tunjeli viloyati qishlog’ida yuritilgan amaliyot oqibatida ilk aniqlashlarga ko’ra 5 terrorist o’ldirildi.  

Turk qurolli kuchlari PKK terror tashkilotiga qarshi Iroqning shimolidagi Zap mintaqasida ham havo hujumi uyushtirdi.

Hujumda terror tashkilotiga oid ikkita boshpana, qurol-yaroq omborxonasi yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar