Turkiya Lyuksemburg Tashqi ishlar vazir Jean Asselborunni qoraladi.

Turkiya, Yevropada terrorizmni himoya qilgan o’lkalar qatorida  birinchi o’rinida  Lyuksemburg ekaniga diqqat qaratib, bu o’lkaning Tashqi ishlar vazir Jean Asselborunni qoraladi.

605875
Turkiya Lyuksemburg  Tashqi ishlar vazir Jean Asselborunni qoraladi.

Turkiya, Yevropada terrorizmni himoya qilgan o’lkalar qatorida  birinchi o’rinida  Lyuksemburg ekaniga diqqat qaratib, bu o’lkaning Tashqi ishlar vazir Jean Asselborunni qoraladi.  

Tashqi ishlar vazirligi voizi  favqulodda va muxtor elchi Huseyin Muftuo’g’lu, Asselborun bir Nemis radiosiga bergan intervyusida  Turkiya bilan aloqali ishlatgan ifodalar borasidagi bir savolga bergan   javobida,  

“ Global saviyada terror bilan kurash sa’y- harakatiga qanchalik hissa qo’shgani hanuz ham  tortishuv mavzusi bo’lgan Lyuksemburgning Tashqi ishlar vaziri Asselborn, Deutschlandfunk” nomli  bir Nemis radio kanaliga bergan intervyusida  Turkiyaning duchor bo’lgan terrorizm tahdidining andazasi va sifatini  anglashda va muhokama qilishdan  juda ojiz ekanini ko’rsatmoqda.” Deb ma’lum qildi.

Vazir Asselborn, (15- iyulda  246 yurtdoshining  shahid bo’lishi bilan natijalangan qonli harbiy to’ntarishga tashabbus qilgan (Fetullahchi terror tashkiloti a’zosi) terroristlarni har  sharoitda qoralashlarini  kutganlarini ta’kidlagan Muftuo’g’lu,

“ O’zlari buning o’rniga o’lkada o’xshash bir  tashabbusning oldining olinishi va demokratiyani mustahkamlash uchun qilingan sa’y- harakatlarni Yevropada qora bir davri bilan muqoyasa qilishi, ham tarix ma’lumotining yetarsizligi hamda tarafsiz muhokama qilish qobiliyatidan mahrum ekanini ko’rsatmoqda.”

Muftuo’g’lu, demokratik  bir o’lka bo’lgan Turkiyada, Fetullachi terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/PDY) 15 iyuldagi harbiy to’ntarishdan  beri tashlangan qadamlar Turk  xalqining demokratiya va erkinliklar bilan  yashashni ta’min etishga qarata ekaniga diqqat qaratdi.

 



Aloqador xabarlar