AQSh Harbiy Bosh shtabi raisi general Joseph Dunford Ankarada...

Joseph Dunford Turkiya Harbiy Bosh shtabi raisi general Hulusi Akar bilan Harbiy bosh shtab qarorgohida uchrashuv o'tkazmoqda.

604818
AQSh Harbiy Bosh shtabi raisi general Joseph Dunford Ankarada...

AQSh Harbiy Bosh shtabi raisi general Joseph Dunford Ankaraga tashrif buyurdi.

AQShning talabiga binoan amalga oshirilgan ziyorat chog'ida, Joseph Dunford Turkiya Harbiy Bosh shtabi raisi general Hulusi Akar bilan Harbiy bosh shtab qarorgohida uchrashmoqda.

Mazkur uchrashuvda, avvalo Rakka operatsiyaning muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Iroqning Mosul viloyatini DAIShdan qutqarish maqsadida olib borilgan operatsiya jarayonining ham muhokama qilinishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Suriya va Iroqda davom etgan jangovar operatsiyalar bo'yicha ham fikr almashilishi kutilmoqda.

Aytib o'tish joizki, shu yilning 16 oktyabrda AQSh Harbiy Bosh shtabi raisi general Joseph Dunford bilan Turkiya Harbiy Bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Amerikada uchrashgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar