Turkiya delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 135-Umumiy kengashida ishtirok etdi

Turkiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Ak partiya deputati Jo’shkun Chakir 15 iyul voqealari asosida turli tillarda bosilgan broshyuralar tarqatilganini ma’lum qildi.

597115
Turkiya delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 135-Umumiy kengashida ishtirok etdi

Turk deputatlar Shveysariyaning Jeneva shahrida bo’lib o’tgan Parlamentlararo ittifoqning 135-Umumiy kengashida ishtirok etdi.

Unda Fathulloh Gulen harakatining 15 iyuldagi to’ntaruv tashabbusi haqida stand ochildi.

Turkiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Ak partiya deputati Jo’shkun Chakir 15 iyul voqealari asosida turli tillarda bosilgan broshyuralar tarqatilganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, jami 171 mamlakatdan minglab vakil qatnashgan Parlamentlararo ittifoqning 135-Umumiy kengashida 15 iyul voqealariga doir standga katta e’tibor ko’rsatilgan.

Umumiy kengash yig’ilishida Turkiyaning qo’llab quvvatlovi bilan Suriya va uning Halap viloyatiga gumanitar yordam yetkazish to’g’risidagi modda bir ovozdan qabul qilindi.

Shuningdek, butun dunyoda onalar va bolalarning muammolari, ularni qanday hal qilish yo’llari ko’zdan kechirildi.

Turkiya delegatsiyasi umumiy kengash doirasida turli davlatlardan kelgan delegatsiyalar bilan o’zaro uchrashuv va suhbatlar o’tkazdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar