Erdog’an Bursa viloyatida bo’lib o’tgan ochilish marosimida nutq so’zladi

Erdog’an Turkiyaning Bursa viloyatida bo'lib o'tgan ochilish marosimida nutq so’zlar ekan "Firat qalroni" amaliyoti, Turkiya chegarasi to’g’risidagi Milliy pakt bahslari va FETO teror tashkilotiga to'xtaldi.

595147
Erdog’an Bursa viloyatida bo’lib o’tgan ochilish marosimida nutq so’zladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarish maqsadida Turkiya rahbarligida 24-avgust kuni boshlatilgan “Firat qalqoni” amaliyotining Al Bobgacha davom etajagini aytdi.

Erdog’an Bursadagi ochilish marosimida nutq so’zlar ekan Turkiyaning, Rakka amaliyotning ham bir bo’lagi bo’lishini belgilab o’tdi. 

Bu doirada;

“Koalitsion kuchlari birgalikda kurash olib borishga tayyor bo’lgudek bo’lsa unda Rakkada ham DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashamiz. Lekin biz bu kurashni PYD va YPG  terror tashkilotlari bilan birgalikda yuritmaymiz” dedi.

Suriyaning Halab viloyati, Al-Bob tumanida terrordan qutqarilgan bir mintaqa tayyorlashlari kerakligini ta’kidlagan Erdog’an, PYD/YPG tomonidan bosib olingan Halabning Mumbich tumanida ham huddi ana shunday bir mintaqa tayyorlashlari kerakligini aytdi.  

Turkiya chegarasi to’g’risidagi Milliy pakt (Misak-i Milli) bahslarni ham kun tartibiga olib chiqqan Erdog’an, bu vaziyatdan ba’zi muhitning bezovta bo’lganligini belgilab;

“Qadimgi Iroq shaharlaridan Kerkuk bilan Mosul bizning shaharlarimizdir. Buni eslatishim ba’zi muhitni bezovta qildi. Bu vaziyat tarixda ham huddi shunday edi. Hatto G’oziy Mustafa Kemal Ataturk ham Turkiya chegarasi to’g’risidagi Milliy pakt haqida gapirar ekan huddi ana shu shaharlarni nazarda tutar edi” dedi.    

Terrorga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini eslatgan Erdog’an;

“Qayerga qochishingizdan qat’iy nazar qarorimizdan voz kechmaymiz. Bundan buyon terakt ortidan emas teraktga yo’l qo’ymagan ravishda, teraktning oldini olgan vaziyatda kurashib, bu vatanni terrordan qutqaramiz” deya gapirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an FETO terror tashkilotiga ham to’xtalib, tashkilot a’zolarini ma’lumot berishga undadi. Bundan bosh tortganlarni esa Sud oldida javob berajagini yana bir bor eslatib o’tdi.



Aloqador xabarlar