Turkiyaning Hakkari viloyatida 2 nafar askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Hakkari viloyati, Chukurja tumanining Guvendag’i qishlog’ida bugun ertalab terrorga qarshi kurash doirasida amaliyotga chiqqan turk askarlari bilan PKK terror tashkiloti a’zolari o’rtasida to’qnashuv yuz berdi.

593562
Turkiyaning Hakkari viloyatida 2 nafar askar shahid bo’ldi

Turkiyaning Hakkari viloyati, Chukurja tumanining Guvendag’i qishlog’ida bugun ertalab terrorga qarshi kurash doirasida turk askarlari amaliyotga chiqdi. Ushbu amaliyot chog’ida turk askarlari bilan  PKK terror tashkiloti a’zolari o’rtasida to’qnashuv yuz berdi. Oqibatida esa ilk aniqlashlarga ko’ra 2 askar shahid bo’lar ekan, 5 askar tan jarohati oldi.

Tan jarohati olgan askarlar vertolyot orqali Hakkari Davlat kasalxonasiga yetkazilar ekan, mintaqada havo amaliyoti boshlatildi.

Shu doirada hozirgacha 21 nafar terrorist o’ldirildi.



Aloqador xabarlar