Turkiyadagi 3 million muhojir uchun, Dabikning DEAShdan qutqarilishi shart

Prezident Erdog’an o’zi tug’ilib o’sgan yurti Rizeda so'zlagan nutqida, "Firat qalqoni" amaliyotiga shu doirada, Dabikning muhojirlar jihatidan ahamiyatiga to'xtaldi.

590309
Turkiyadagi 3 million muhojir uchun, Dabikning DEAShdan qutqarilishi shart

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Biz koalitsion kuchlari bilan birgalikda DEASh terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga barcha terror tashkilotlariga qarshi kurashga tayyormiz. Bashika bazamizga hech kim til tekkizmasin. Bashika bazasi turgan joyida turadi” dedi.  

Prezident Erdog’an o’zi tug’ilib o’sgan yurti Rizeda, ochilish marosimida ishtirok etdi.

Marosimda so’zlagan nutqida Erdog’an, “Firat qalqoni” amaliyotiga to’xtalar ekan quyidagi ifodalarga o’rin berdi:

“Avvalom bor Jerablusga kirib bordik, ortidan esa al-Raiga. Olg’a qarab ilgarilashni davom ettiryapmiz va bu galgi manzilimiz Dabik qishlog’idir. Dabikni qo’lga kiritgach u yerdagi 5 ming kvadrat kilometrlik maydonni xavfsiz mintaqa deb e’lon qilamiz. Biz hech kimning tuprog’iga ko’z tikkanimiz yo’q lekin yurtimizda 3 million muhojir bor. Ular uchun yashash joyi tayyorlashimiz darkor. Vaqti kelib ular ham o’z yurtlariga qaytganida albatta, xavfsiz ravishda yashashlari shart”.   

Erdog’an, “Aybga buyurmang, Mosulni na DEASh, na boshqa terror tashkilotlariga berish niyatimiz yo’q” dedi.

Prezident Erdog’an, “Bugun Lozanda, Tashqi ishlar vazirimiz bilan koalitsion kuchlari kerakli masalani o’rtaga tashlaydi. Biz koalitsion kuchlari bilan birgalikda DEASh terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga barcha terror tashkilotlariga qarshi kurashga tayyormiz. Bashika bazamizga hech kim til tekkizmasin. Bashika bazasi turgan joyida turadi” dedi.   

Erdog’an, “Turkiya tomonidan Suriyada boshlatilgan amaliyotga mone’lik qilmoqchi bo’lganlarning, 15-iyul kuni Turkiyada yuz bergan voqeada aybsiz ekanligini iddio qilganlar yo dunyodan bexabar yoki o’zi ham ana shu guruhning ichidadir. Shuningdek Bashikadagi turk harbiylaridan bezovta bo’lganlar bilan Turkiyaning Mosul amaliyotida ishtirok etishini xohlamaganlarning “Turkiyadagi 15-iyul voqeasiga aloqasi yo’q” deganlar xalqning aqli bilan hazillashayotganga o’xshaydi. Bizni alday olmaysiz” dedi.  



Aloqador xabarlar