Turkiyaning sobiq moliya vaziri Kemal Unakitan vafot etdi

Turkiyaning sobiq moliya vaziri Kemal Unakitan (70 yosh) sog’ligidagi muammolar sababli shifoxonada davolanayotgan edi.

587898
Turkiyaning sobiq moliya vaziri Kemal Unakitan vafot etdi

Turkiyaning sobiq moliya vaziri Kemal Unakitan bevaqt olamdan o’tdi.

Sog’ligidagi muammolar sababli shifoxonada davolanayotgan Unakitan tonga yaqin ahvoli og’irlashgach, xususiy shifoxonaga yotkizilgan.

Unakitan barcha tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.

70 yoshda bo’lgan Kemal Unakitan 1968 yili Ankara Iqtisod va tijorat bilimlari akademiyasini (Gazi Universiteti Iqtisodiy va idoriy bilimlar fakulteti) bitirdi.

Universitet tahsilini bitirgach, Moliya vazirligida buxgalter bo’lib ishlay boshlagan Unakitan keyinchalik, SEKA Bosh direktor o’rinbosari, 1976-1978 yillarda esa, SEKA Bosh direktori lavozimlarida xizmat ko’rsatdi.

2002 yili 58-hukumatda moliya vaziri lavozimiga tayinlangan Unakitan 59- va 60- hukumatlarda ham o’sha lavozimda faoliyat ko’rsatdi.

Kemal Unakitan oilali va 3 farzand otasi edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #moliya , #vazir , #Kemal Unakitan , #vafot

Aloqador xabarlar