Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Gine va Fransiya tashqi ishlar vaziriga bog'landi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Gine Tashqi ishlar vaziri Hadja Makale bilan Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashda hamkorlik masalasini ko’zdan kechirdi.

587803
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Gine va Fransiya tashqi ishlar vaziriga bog'landi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog’lu Gine Tashqi ishlar vaziri Hadja Makale va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean Marc Ayrault bilan ba’zi xususlarda telefon orqali fikr almashdi.

Gine Tashqi ishlar vaziri Hadja Makalening istagiga binoan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida, ikki vazir Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashda hamkorlik masalasini ko’zdan kechirdi.

Mevlud Chavushog’lu bilan Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean Marc Ayrault o’rtasida bo’lib o’tgan suhbatda esa, Fransiya senatosining kun tartibida bo’lgan tenglik va fuqarolik qonun taklifi ustida fikr almashildi.

Shuningdek, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro ziyoratlar mundarijasi va Suriyadagi o’zgarishlar muhokama qilindi.

 



Aloqador xabarlar