Adolat va taraqqiyot partiyasi Dijle  tuman rahbari Deryan Aktert o'ldiridi

Adolat va taraqqiyot partiyasi Dijle  tuman rahbari Deryan Aktert, bo’lginchi terror tashkiloti a’zosi terroristlar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida  hayotdan ko’z yumdi.

587029
Adolat va taraqqiyot partiyasi Dijle  tuman rahbari Deryan Aktert o'ldiridi

Adolat va taraqqiyot partiyasi Dijle  tuman rahbari Deryan Aktert, bo’lginchi terror tashkiloti a’zosi terroristlar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida  hayotdan ko’z yumdi.

Kecha oqshom paytlarida, tuman markazining chiqishida o’ziga oid Benzin stantsiyasida bo’lgan Akertga terroristlar  o’q uzdi.

Aktert voqea joyida hayotdan ko’z yumdi.

Hujumning ortidan terroristlarni qo’lga olish uchun mintaqada operatsiya boshlatildi.

 Adolat va taraqqiyot partiyasi tuman  rahbari Aktertning ish joyiga o’tgan yil ham terroristlar tomonidan  qurolli hujum uyushtirildi va o’zlari ham tez- tez tahdid qilingani ma’lum bo’ldi.

Shaxsiy televideniye kanaliga  bog’langan  Adolat va taraqqiyot partiya  Bosh  rahbar o’rinbosari Mehdi Eker, partiyasining   viloyat va tuman rahbarlari, bundan oldin ham  juda ko’p marotaba hujumga uchraganini  eslatdi.

Turkiyaning birlik va birdamligi, tinchlik va rivojlanishining kafolati bo’lgan partiyani qo’rqitmoqchi ekanini  ma’lum qilgan Eker, buning ATPning  missiyasi bilan yaqin sharqni yangidan shakllantirmoqchi bo’lganlarga  to’siq bo’lgani uchun amalga oshirganini ma’lum qildi.

Terror tashkiloti PKKning eng katta ziyoni mintaqa  xalqiga yetganini va mintaqaning rivojlanishi bilan tegishli loyihalarni  har doim sabotaj  qilib    kelganlar deb aytgan Mehdi Eker, terror bilan kurashni davom ettirishlarini ham   ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar