Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Avstraliyada o'tkazilgan MIKTA yig’ilishiga qatnashdi

Yig’ilishda so’zga chiqqan Ismail Kahraman:“Terrorizmga qarshi mushtarak kurash olib borish va davlatlarning, xalqlarning boshiga tushgan kulfatga qarshi kurashish barchamizning vazifamizdir”,-dedi.

583829
Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Avstraliyada o'tkazilgan MIKTA yig’ilishiga qatnashdi

Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman Avstraliya ziyoratini davom ettirmoqda.

Ismail Kahraman Avstraliyaning Tazmaniya shtatidagi Hobart shahrida o’tkazilgan MIKTA yig’ilishiga qatnashdi.

Meksika, Indoneziya, Janubiy Koreya, Turkiya va Avstraliyadan tashkil topgan guruhning nomi qisqartirilgan holda MIKTA deb ataladi.

Guruhning parlament rahbarlari yig’ilishining asosiy mavzusi “Demokratik hukumatlar va parlamentlar” deb nomlangan.

Yig’ilishda so’zga chiqqan Ismail Kahraman MIKTA guruhiga a’zo sifatida mintaqaviy va xalqaro tinchlikka hissa qo’shish, guruh tarkibidagi davlatlar o’rtasida aloqalarni rivojlantirish uchun zarur faoliyatlarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadini tilga oldi.

“Terrorizmga qarshi mushtarak kurash olib borish va davlatlarning, xalqlarning boshiga tushgan kulfatga qarshi kurashish barchamizning vazifamizdir”,-deydi Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman.

Bundan tashqari, Turkiyada sodir bo’lgan 15 iyul voqealariga ham alohida to’xtalib o’tgan Ismail Kahraman: “Barchangiz guvohi bo’ldingiz. 15 iyul kuni Fathulloh Gulen harakatining davlatni to’ntarish tashabbusi xalqimiz tomonidan bostirildi”,-dedi.

Yig’ilishda muhokama qilinadigan masalalar va olinadigan qarorlar dunyo va mintaqa tinchligiga hissa qo’shishini tilga olgan Ismail Kahraman, a’zo davlatlarning do’stligi va Avstraliyadagi mehmondo’stlik tufayli tegishli vakillarga minnatdorchilik bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar