Turk qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra bu borada 2016-yil 05-oktabr kuni soat 17:44-20:10 orasida Turkiyaning Hakkari viloyati, Chukurja tumani bilan Iroqning shimolidagi Metina va Gara mintaqalariga havo hujumi uyushtirildi.

584101
Turk qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Hakkari viloyati bilan Shimoliy Iroqdagi PKK terror tashkilotiga qarshi havo hujumi olib borilar ekan terroristlarning 18ta tayanch nuqtasi yo’q qilindi. Shuningdek ilk aniqlashlarga ko’ra 3 terrorist o’ldirildi.

Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha Hakkari viloyatining Chukurja tumaniga qarashli kichik qishloqchada aniqlangan 11 ta mavze ham Turk urush uchoqlari tomonidan vayron qilingan.

O’ldirilgan terroristlar soni Chukurjada 228, Hakkarida esa 346 nafarga yetdi.

Shimoliy Iroqdagi Matina va Gara mintaqalariga qarshi ham havo amaliyoti boshlatildi.

Terror tashkiloti a’zolarining 7 ta boshpanasi yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar