15 iyul qahramonlari Istanbulda yodga olindi

Tadbirga Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji, sobiq bosh vazir Ahmet Davutog’lu, Istanbul Buyuk shahar hokimi Kadir Topbash, TRT Bosh direktori Shenol Go’ka bilan halok bo’lganlarning yaqinlari qatnashdi.

581510
15 iyul qahramonlari Istanbulda yodga olindi

                                                                                                                                                                                                                                                Turkiyada 15 iyul qahramonlari hotirasi uchun Istanbulda tadbir o’tkazildi.

“15 iyul qahramonlari uchun kuylaymiz” nomli tadbirda Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning maktubi o’qib eshittirildi.                                                                         Erdog’an tadbirga yo’llagan maktubida: “Hech qanday g’alaba osonlikcha qo’lga kiritilmaydi. 15 iyul xalqimiz g’alaba dostonini yozgan kundir”,-dedi.

Tadbirda prezidentlik kotibi Ibrahim Kalin bilan san’atkor Yavuz Bingo’l sahnada xalq qo’shig’ini ijro etdi.

Jurnalistlar O’g’uz Haksevar bilan Hande Firat boshlovchilik qilgan tadbirda 15 iyul voqealari aks etgan video lavhalar va rasmlar namoyish qilindi.

15 iyul qahramonlari uchun atalgan qo’shiqlar taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etildi.

Istanbul Buyuk shahar hokimiyati tomonidan o’tkazilgan tadbirga Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji, sobiq bosh vazir Ahmet Davutog’lu, Istanbul Buyuk shahar hokimi Kadir Topbash, TRT Bosh direktori Shenol Go’ka bilan halok bo’lganlarning yaqinlari va veteranlar qatnashdi.

Eslatma: Turkiyada Fathulloh Gulen harakati tomonidan 15 iyulda sodir qilingan to’ntaruv tashabbusi paytida ko’plab inson halok bo’lgan edi.

 



Aloqador xabarlar