Prezident Erdog’an, TBMM ochilish marosimida nutq so’zladi

Erdog’an o’z nutqida FETO terror tashkilot, Turkiyaning terrorga qarshi kurashida AQShning Turkiyaga bo’lgan munosabati, Firat qalqoni amaliyoti va Tukiya-YI munosabatlariga to’xtaldi.

581053
Prezident Erdog’an, TBMM ochilish marosimida nutq so’zladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat tuzilmasining 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusini unutmaslik va unuttirmaslikga majbur ekanliklarini, shuning uchun ham dars kitoblaridan boshlab hujjatli filmlargacha yurtdagi har bir ta’lim sohasida 15-iyul haqida ma’lumot berilishi kerakligini aytdi.

Erdog’an Turkiya Buyuk Millat Majlisining Yalpi majlisida 26-davr ikkinchi qonun chiqaruvchi yilning ochilish marosimida nutq so’zladi.

Deputatlarning, to’ntarish tashabbusiga qarshi ko’rsatgan g'ururli va kuchli munosabatiga to’xtalib o’tgan Erdog’an;

“Bu jarayonda Turkiya, bir siqim xoinga qarshi butun dunyoga o’rnak bola oladigan mustaqillik va demokratiya borasida dars berdi” dedi.

Erdo’an;

“Agar kimda kim 15-iyulni “to’ntarish” deyolmayotgan bo’lsa, agar kimda kim u kunni qoralashdan bosh tortayotgan bo’lsa unda u ham to’ntarish tashabbusining bir bo’lagidir. Yo’q deganda xoinlarning ihtiyoriy yordamchisidir” deya gapirdi.

Turkiyaning, FETO bilan birgalikda PKK va uning qanotlaridan DEASh terror tashkiloti hujumlariga ma’ruz qo’lganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an Turkiyaning Suriyada, DEAShga qarshi kurashi doirasida otgan har bir qadamida PKK va PYD/ YPG terror tashkilotlarining ham paydo bo’lib qo’layotganligini ta’kidladi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining oxirgi vaqtlarda, mintaqada jiddiy ravishda tuturiqsizlik ichida ekanligini ta’kidlagan Erdog’an;

“AQSh rahbariyatining bir bo’lagi o’jarlik bilan Suriya va Iroqda PKK/PYD-YPG terror tashkilotlari bilan birgalikda ish olib borar ekan bir bo’lagi esa bizning tushunchamizga yaqin siyosat yuritishga harakat qilmoqda” dedi.

“Firat qalqoni” amaliyotining Suriyadagi terror tashkilotlarining hammasiga qarshi, mintaqa xalqi bilan birgalikda boshlatilgan qonuniy amaliyot ekanligini ta’kidlagan Erdog’an;

“Printsipga hech kim e’tiroz bildirgani yo’q lekin qo’llab-quvvatlaganlar ham bo’lmadi. Janubiy chegaralarimizda tashkil etishga harakat qilinayotgan terror yo’lagi va PKK bilan DEASh terror tashkilotining avj olgan hujumlari, bizni bu loyihani o’z imkonlarimiz bilan davom ettirishga majbur qildi” dedi.

Prezident Erdog’an oktabr oyining Yevropa ittifoqi-Turkiya munosabatlari jihatidan muhim oy ekanligiga e’tibor qarartib, YI va’da berganidek vizasiz rejim davrining ushbu oy mobaynida kuchga kirishi kerakligini eslatdi.

“YI bayonotlariga nazar tashlagudek bo’lsak unda terrorga qarshi kurashda bo’lganidek Turkiya uchun muhim bo’lgan bu mavzuda ham, jarayonning zaruriy shartga aylantirishga harakat qilinganligini payqadik” degan Erdog’an;

“Bemalol aytishim mumkin ki bu munosabat, YIning Turkiyaga bergan va’dasini tutmoqchi emasligidan dalolat beradi. O’zlari biladi. Turkiya, yarim asrdan ziyod YI munosabatida har doim bergan va’dasida turgan tomon bo’ldi” dedi.

Erdog’an;

“Agar YI, ob’ektiv baholash orqali Turkiyani o’ziga to’laqonli a’zo qilgudek bo’lsa unda buning oldida hech qanday to’siq qo’lmaydi. Biz bunga tayyormiz. Faqat, bunday niyati yo’qligiga qaramay bizni mantiqsiz muomalasi bilan ovora qilishni davom ettirgudek bo’lsa unda ular adashadilar. Bu o’yinning oxiriga yetib keldik, buni bilishlari shart. O’z yo’liga Turkiya bilanmi yoki Turkiyasizmi davom etish tanlovi o’zlarining qo’lida. Bir yo’lni tanlashga majburlar. Shumlik qilib, javobgarchilikni bizning zimmamizga otishga harakat qilmasinlar” dedi.



Aloqador xabarlar