Hakkarida 6 nafar terrorist o'ldirildi

Hakkarining Yuksakova tumanida o'tkazilgan harbiy operatsiyada 6 nafar PKKli terrorist o'ldirildi.

576854
Hakkarida 6 nafar terrorist  o'ldirildi

Hakkarining Yuksakova tumanida o'tkazilgan harbiy operatsiyada 6 nafar PKKli terrorist o'ldirildi.

Bosh shtab boshqarmasidan berilgan ma'lumotga ko'ra, hududda bir qurol ombori bilan terroristlar bosh pana topgan g'or bombalangan.

Bayonotda, operatsiyalarning davom etgani, hozirgi kungacha Hakkari bo'ylab 320 nafar terroristning o'ldirilgani bildirildi.

Shuningdek, Hakkari-Chukurja quruqlik yo'lida yo'l xavfsizligini ta'min etgan askarlarning o'tishi chog'ida qo'lyasar portlovchining portlashi oqibatida 3 askar tan jarohati oldi.

Shikastlangan askarlar shifoxonada davolanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #hakkari , #pkkli , #6 terrorist , #o'ldirildi

Aloqador xabarlar